Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 40 tup mevali daraxt ko‘chatlari olib kelinib bitiruvchi o‘quvchilar bog‘i barpo etildi


Joriy yilning 31-mart kuni 72-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 40 tup mevali daraxt ko‘chatlari olib kelinib, bitiruvchi o‘quvchilar bog‘i barpo etildi. Ushbu tashabbus ta’lim muassasasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va e’tiborni kuchaytirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ezgu ishlarga jalb etish maqsadida amalga oshirildi.
Bog‘ni yaratish jarayonida bitiruvchi o‘quvchilar faol ishtirok etib, har bir niholni mehr bilan ekdilar hamda uning parvarishiga mas’uliyat bilan yondashdilar. Natijada barpo etilgan ushbu yashil maskan maktab hududining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi.
Mazkur xayrli ishni amalga oshirishda maktab direktori D.Kamilovna alohida jonbozlik ko‘rsatib, o‘quvchi-yoshlar uchun munosib namuna bo‘ldilar.


Смотреть все