Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizda “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi


Yunusobod tumani 72-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotda harbiy xizmatchi ishtirok etib, o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, harbiy burch, jasorat va mardlik kabi yuksak fazilatlar haqida batafsil tushunchalar berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining bugungi kundagi salohiyati, harbiy sohada yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida maktabning Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari Beknazarov R. o‘zining xizmat faoliyatidan hayotiy misollar keltirib, o‘quvchilarni intizomli, jismonan chiniqqan, bilimli va Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishga chorladi.
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Смотреть все