Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Мaktabimizda “Jaholatga qarshi – Ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi


2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahridagi 72-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Diniy ishlar qo‘mitasi vakili Zokirjon Mardonov boshchiligida “Jaholatga qarshi – Ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab direktori, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Zokirjon Mardonov bugungi globallashuv davrida dunyoda kuzatilayotgan turli tahdidlar, xususan, diniy ekstremizm va buzg‘unchi oqimlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritdi. 
Shuningdek, u o‘quvchilarga internet tarmoqlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, zararli axborotlardan saqlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Zokirjon Mardonov, shuningdek, o‘g‘il bolalarning sochini ixcham tutish, qiz bolalarning esa davlat ta’lim standartlariga muvofiq, maktab formalarida yurishlari zarurligini alohida qayd etdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, mavzu yuzasidan samimiy fikr almashildi.

Смотреть все