Ayni kunlarda ta’lim sayohati bilan AQSHda bo‘lib turgan "Raqamli avlod qizlari-2025" tanlovi g‘oliblari "Yoshlar forumi"da ishtirok etishdi

Mazkur forum O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan. Forum davomida "Digital Generation Uzbekistan" NNT rahbari Azamat Djalalov spiker sifatida ishtirok etib, loyiha maqsadi, kelgusidagi vazifalar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Taqdimot qizg‘in muhokamalar, takliflar va savol-javoblarga boy holda o‘tdi.