"Payshanba profilaktika kuni" doirasida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri o‘tkazildi

Yunusobod tumani 72-maktabda 30 yanvar kuni "Payshanba profilaktika kuni" doirasida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Qatnashdilar: O‘zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi o'qituvchisi mayor J.Nizomiddinov, Yunusobod tumani IIO FMB inspektori podpolkovnik K.Husniddinov hamda Yunusobod tumani Milliy Gvardiyasi isnspektor-psixolog leytenant X.Jo'raboyev Maktab v.v.b.direktori I.Mardonov, MMIBDO' H.Majidov va 100 nafar maktab o'quvchilari qatnashdilar.