Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Yurtimizda PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlariga start berildi

Xabar qilinganidek, bugundan mamlakatimizdagi tanlab olingan 83 ta umumtaʼlim maktabida xalqaro PISA 2025 tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari boshlandi.
➖ Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli oʻsmirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, bir soʻz bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.

Tajriba-sinov jarayonlari joriy yilning 18-may kuniga qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun: PISA 2025 tadqiqotida dunyo boʻylab 91 ta mamlakat ishtirok etmoqda.


Смотреть все