Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Oʻzbekiston-Belarus professional taʼlim forumini rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

30-aprel kuni Minsk shahridagi Milliy kutubxona binosida birinchi Oʻzbekiston-Belarus professional taʼlim forumini rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Belarus Taʼlim vaziri Andrey Ivanes, Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov ochib berdilar.
Belarus Professional taʼlimi instituti rektori Valeriy Golubovskiy “Kadrlar tayyorlash tarmogʻi kasbiy taʼlim sifatini taʼminlash mexanizmi sifatida” mavzusida, Oʻzbekiston Professional taʼlimni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudoyberdiyev “Oʻrta kasb-hunar taʼlimi sohasida hamkorlik aspektlari: istiqbol va imkoniyatlar” mavzusida, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori, Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlari respublika kengashi raisi Vadim Bogush “Informatika va radioelektronika sohasida turli malaka darajasidagi mutaxassislarni tayyorlash integratsiyasi” mavzusida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov“ IT sohasida kasb-hunar va oliy taʼlim integratsiyasining ustuvor yoʻnalishi” mavzusida chiqishlar qildilar. 
Belarus va Oʻzbekiston professional taʼlimi muassasalari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.


Смотреть все