5 B - sinf o‘quvchilari bilan adabiyot darsida O‘tkir Hoshimovning hikoyalari matnini o‘rganish va tahlil qilish mavzusi o‘tildi
Maktabimizda 28 yanvar kuni 5 B - sinfi adabiyot darsida O‘tkir Hoshimovning"Dunyoning ishlari" qissasidan "Alla", "Iltijo", "Gilam paypoq", "Qarz" hikoyalari matnini o‘rganish va tahlil qilish mavzusi o‘tildi. Mavzu "SAHNADA-BIZ" metodida olib borildi. Bunda sinf o'quvchilari uch guruhga bo‘lindilar va qissadan bir hikoyani sahnalashtirib, qissadan hissa chiqarish ko‘nikmalarini namoyish qildilar. O'quvchilarning ilk chiqishlari, albatta hayajon bor. Ammo adibning hikoyalari mazmun - mohiyati ularning xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

