Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Xalq ta'limi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kuchaytirish masalasi muhokama etildi

Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan hamkorlikda BMT Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish" loyihasi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazilgan edi. 

Bugun Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov, vazirlik mas’ul xodimlari hamda KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlari ishtirokida Xalq ta’limi vazirligida xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplayens tizimlarini tashkil etish hamda joriy qilish masalasi va yuqorida qayd etilgan  loyihaning 3-bosqich yakuni muhokama etildi.   

Shuningdek,  “Xalq ta’limi tizimida va ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta’lim va halollik tizimini kuchaytirish” loyihasini yo‘lga qo‘yishda tegishli davlat idoralari va KPMG auditorlik kompaniyasining xorijiy ekspertlarini jalb qilgan holda xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirib borish belgilab olindi.

Смотреть все