Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish tartibi

Hurmatli ota-onalar!

Mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish 1-avgust kuni, soat 10:00 da boshlanadi.
My.maktab.uz platformasi yoki tizimning mobil ilovasi yordamida mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga ariza yuborilgandan so‘ng, belgilangan kun va vaqtda maktabga o‘z farzandlaringiz bilan tashrif buyurishingiz kerak bo‘ladi. 
Ma'lumot uchun: Shu kunga qadar my.maktab.uz platformasi orqali biriktirilgan mikrohudud bo'yicha 79 152 ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 54 771 nafarining arizalari umumta'lim maktablariga qabul qilingan. 
Mikrohududdan tashqari maktabga yuborilgan ariza qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha qabul qilingan mavjud ariza avtomatik ravishda tizim tomonidan o'chiriladi.
Maktab ma'muriyati zaruriyatga ko‘ra elektron platforma orqali yuborilgan ma'lumotlarning haqqoniyligini o‘rganish uchun ota-onalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini talab etishga haqli.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki  71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.



Смотреть все