Toshkent shahar Yunusobod tuman 72-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Respublika fan olimpiadalari g‘oliblarining ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi



Bugun Xalq ta’limi vazirligida asosiy fan olimpiadalarining Respublika bosqichida o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga pul mukofotlari tantanali topshirildi.

Aytish joizki, asosiy fan olimpiadalarida  2018 yilda 728,2 ming nafar o‘quvchilar ishtirok etgan bo‘lsa, 2022 yilda qamrov 1 mln. 100 ming nafar o‘quvchiga yetib, 1,5 baravarga oshirildi. 

Jami Respublika fan olimpiadalari 60 nafar ғолибнинг ustozlarini taqdirlash uchun 690 mln. so‘m маблағ ajratildi.

Quvonarlisi, ular orasida Yunusobod tumanidagi 5-sonli maktab o‘qituvchisi Sadkovskaya Yevgeniya Aleksandrovna, Мирзо Ulug‘bek tumanidagi 112-IDUM o‘qituvchisi Akbarova Dilobar Marupovna,  Mirobod tumanidagi 60-IDUM o‘qituvchisi Miroshkina Olga Yurevna, Yashnobod tumanidagi 77-sonli ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilari G‘ulomova Marg‘uba Maxamadrasulovna, Abdullayeva Umida Zakirjanovnalarning borligi quvonarlidir.

Respublika fan olimpiadalari g‘oliblarining ustozlarini Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov  taqdirladi.

Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati

Смотреть все